Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda bankomatni o‘margan bir guruh shaxslar qo‘lga tushdi

Toshkentda bankomatni o‘margan bir guruh shaxslar qo‘lga tushdi

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati Toshkentda bankomatdan katta miqdorda pullar o‘g‘irlangani yuzasidan ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, 9 oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar banklarning birining bankomatini ochib, undan ichida 396 300 000 so‘m bo‘lgan uchta qutini olib ketgan. Hodisa Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zR JKning 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 25 yoshli A.A., 28 yoshli M.A., 26 yoshli U.A. va 25 yoshli M.M.lar qo‘lga olingan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:24 21.10.2021. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!