Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

☄️ Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbaridan 10 ming AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu mutaxassis o‘zining tanishlari orqali, Samarqand viloyatida joylashgan banklarning biridan mazkur MCHJga 1 mlrd 250 mln so‘m miqdorida kredit olib berishni va’da qilgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

❗️ Huquqni muhofaza qiluvchi organlar eslatadi: Qonundan ustun hech kim yo‘q — mansab va maqom javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kiritildi: Bugun 07:21. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!