Shu yil 1 dekabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi SH.I.(ismli ayol)ning uyi eshigini buzib kirib, 19 turdagi zargarlik buyumlari, 700 AQSh dollari va 1 mln. 800 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mo‘ynoq ko‘chasida yashovchi J.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.