Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda ayol 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada yashab kelmoqda

Toshkentda ayol 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada yashab kelmoqda

Joriy yilning 1 avgust kuni internet tarmoqlarida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qolgan ayol haqidagi videomaterial keng tarqaldi.

Unda Shahnoza ismli ayol 7 yoshli farzandi bilan yoz faslida ko‘chada qolishi, ishlab pul topib, qish faslida yiqqan pullariga ijarada turib, kun o‘tkazishi va moddiy shart-sharoiti og‘ir ahvolda ekanligi aytilgan.

Ayolning shart-sharoiti shu kunning o‘zidayoq o‘rganildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Namangan viloyatidan Toshkent viloyatiga kelin bo‘lib tushgan. Bu boradagi ma’lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda. Tezkor ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro Yunusobod tumani “Otchopar-1” mahallasidagi yotoqxonaga vaqtincha joylashtirildi. Fuqaroning turmushidagi holati, shart-sharoiti batafsil o‘rganilgandan so‘ng uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘liq hal etiladi.

O‘z o‘rnida, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi nazoratida o‘rganilmoqda. O‘rganish natijasi yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Kiritildi: 15:23 02.08.2021. O'qildi: 3244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!