Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchiga nisbatan kuch ishlatgani aytildi

Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchiga nisbatan kuch ishlatgani aytildi

Joriy yilning 20 iyun kuni telegramdagi
«Ko dnu» kanalida tarqalgan video lavhasidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat berildi!

Mazkur videomurojaatda, «18-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 114-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlangan davlat raqami 01 954 LKA bo‘lgan avtobus haydovchisining yo‘lovchi bilan qo‘pol muomilada bo‘lganligi, yo‘lovchiga nisbatan kuch ishlatgani aks etgan bo‘lib, haydovchining xatti-harakatiga baho bergan holda qonun doirasida chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘ralgan.

Yuqoridagi videomurojaat yuzasidan, tashuvchi «Toshshahartransxizmat»AJ bergan ma’motga ko‘ra 2024 yil 25 iyun kuni «18-Avtobus saroyi» filialida mazkur holat bo‘yicha filial rahbariyati, yo‘nalish haydovchilari va avtosaf boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib muhokama qilingan hamda 01 954 LKA davlat raqamli bo‘lgan avtobus haydovchisi SH.Rustamovga nisbatan o‘rtacha oylik maoshining 30% miqdorida jarima undirish chorasi qo‘llanilgan.

Bugungi kunda 114-sonli avtobus yo‘nalishi faoliyati «18-Avtobus saroyi» filiali rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Kiritildi: 18:52 08.07.2024. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!