Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda aqlan noqisligi bor yigitni kaltaklagan o‘quvchilar jazolandi (VIDEO +18)

Toshkentda aqlan noqisligi bor yigitni kaltaklagan o‘quvchilar jazolandi (VIDEO +18)

Internet tarmog‘i foydalanuvchilari orasida o‘smirlar tiz cho‘kkan tengdoshini tahqirlaganliklari tushirilgan video tarqamoqda. 

 

Ma’lum qilamizki, joriy yil 13 aprel kuni internetda ushbu video paydo bo‘lgach, tahqirlangan voyaga yetmagan A.SH.ning onasi Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 9-son ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, tegishli chora ko‘rishni so‘radi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 219-son maktab yonida 17 yoshli Davron X. va 16 yoshli Otabek I.lar ularni so‘kkan A.SH.ni ta’zirini bermoqchi bo‘lishgan. Ular rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan A.SH.ni tiz cho‘kishga va kechirim so‘rashga majbur qilib, uning boshiga ikki marta urganlar. Shu bilan birga o‘smirlarda karantin davrida tibbiy niqoblari bo‘lmagan.

Belgilangan sud-tibbiy ekspertiza davomida A.SH.da tan shikastlari aniqlanmadi. Shu sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi.

Ammo o‘smirlarning hatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi (“”) va 183 moddasida (“”) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kuzatilgan.

Mazkur faktlar asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. To‘plangan ma’lumotlar Mirzo-Ulug‘bek tumani ma’muriy sudiga yo‘naltirildi.

23 aprel kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida yig‘ilish o‘tkazildi. Sud o‘smirlar va ularning ota-onalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ko‘rsatmalari eshitilgach, sud Davron X. va Otabek I.larni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi (“”) va 183 moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topib, ularning har birlariga 1 115 000 so‘mdan jarima soldi.

Kiritildi: 18:39 20.05.2020. O'qildi: 3595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!