Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda adliya xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Toshkentda adliya xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs 5,5 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, tuman hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, yana bir pora olish bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida qayd etilgan. Xususan, Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:00 04.11.2022. O'qildi: 2341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!