Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 8, 9 va 10-sinf o‘quvchilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda 8, 9 va 10-sinf o‘quvchilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

11 fevral kuni Olmaliq shahridagi 23- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ushbu maktab o‘quvchilari tomonidan «avtotransport vositachisini olib qochish» jinoyati bo‘yicha muhokamasi o‘tkazildi.

Yig‘ilish viloyat IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari boshchiligida, hokimlik, XTB, mahalla va boshqa tashkilot mas’ullari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida bo‘ldi.

Tafsilotlarga ko‘ra, 6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi shahar «G‘.G‘ulom» MFYda yashovchi M.O. ga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtoulov maktab o‘quvchilari tomonidan olib qochilgan. IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlangan avtoulov «Qora lola» qabristoni yonidan topilgan. Achinarlisi, ushbu jinoyat 23-maktabning 8, 9 va 10-sinf o‘quvchilari D.X., S.T. hamda M.U.lar tomonidan sodir etilgan bo‘lib, bugungi kunda bu yoshlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Keng jamoatchilik ishtirokida ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari va omillari muhokama etilib, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xulosa qilindi.

Kiritildi: 19:44 11.02.2021. O'qildi: 7111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!