Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 64 yoshli A.A. (ayol)da joriy yil 17 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi hamda ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan Virusologiya ITI klinikasiga yotqizilgan.
Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi va semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Mutaxassislar tomonidan reanimasion choralar ko‘rilganiga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.