Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 58 yoshli eng tajribali o‘g‘rilardan biri jinoyat ustida qo‘lga olindi

Toshkentda 58 yoshli eng tajribali o‘g‘rilardan biri jinoyat ustida qo‘lga olindi

Zavqi Ziyayev ilk bor qachon o‘g‘irlik qilganini o‘zi ham eslolmasa kerak, lekin u so‘nggi bora qilgan o‘g‘irligidan panjara ortida turib hali ancha afsuslanadi. Sababi, huzur-halovatda yashashi kerak bo‘lgan yoshda qilingan jinoyat uning qolgan umrini qamoqda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

“7news.uz” ixtiyorida mavjud bo‘lgan tergov va sudga oid hujjatlarga ko‘ra, o‘g‘irlikda rasman bundan 21 yil avval qo‘lga olingan, 1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Zavqi Ziyayev, Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 1998 yil 26 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 25,169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan JKning 60-moddasi tartibida 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinchalik u Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi (2001 yil 17 noyabr kungi hukmiga ko‘ra), Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi (2004 yil 2 avgust kungi hukmiga ko‘ra), Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi (2006 yil 18 avgust kungi hukmiga ko‘ra), Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi (2013 yil 10 yanvar kungi hukmiga ko‘ra) ozodlikdan mahrum qilingan.

Guvohi bo‘lganingizdek, Zavqi Ziyayev bir necha marotaba aynan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, insonlarning mulkiga tajovuz qilgan.

U Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topilgan.

“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek”, 58 yoshni qarshi olgan, nevaralarini o‘ynatib yuradigan yoshga borgan otaxon yana o‘g‘irlikka qo‘l urdi. O‘zganing haqqidan va umuman xudodana qo‘rqmagan Zavqi Ziyayev, 2019 yil 4 iyun kuni soat taxminan 10:30 da Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Qumariq mahallasidan o‘tib ketayotgan 122-sonli avtobus salonida bo‘la turib, mazkur avtobusda ketayotgan I.M.ning chap tomon cho‘ntagidan 350.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida jabrlanuvchining o‘g‘li S.U. tomonidan ushlagan.

Ushbu jinoyati uchun esa u, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tuman sudining 2019 yil 10 iyuldagi hukmiga asosan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud shu o‘rinda juda adolatli qaror chiqarib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘talishini belgiladi.

Kiritildi: 12:22 19.08.2019. O'qildi: 2353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!