25 aprel holatiga Toshkent shahridagi tadbirkorlarning 541 nafari “Saxovat va ko‘mak” harakatiga birlashdi. Mazkur korxonalar poytaxtimizdagi 35 557 ta oilani o‘z otalig‘iga oldi.
Ular karantin davrida ehtiyojmand oilalarni ro‘zg‘ori va kundalik muhim ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Muhtojlarga yordam ko‘rsatish, kamini to‘ldirish, og‘ir sharoitda tashlab qo‘ymaslik kabi ezgu odatlar xalqimizda azaldan bo‘lgan. Koronavirus pandemiyasi kuzatilayotgan va ko‘pchilik uyda qolishiga to‘g‘ri kelgan ayni kunlarda esa bu yanada avj oldi.
Homiylar, saxiylar davlatimizga kamarbasta bo‘lib, xalqimiz, millatimiz uchun xizmat qilmoqda.
Shunday oliyjanob fazilatlarga ega xalqimiz bilan koronavirusni, albatta, yengamiz!, deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.