Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 41 yoshli erkak 1 aprel kuni IIBga olib kelingan. 2 aprelda esa murdasi topilgan

Toshkentda 41 yoshli erkak 1 aprel kuni IIBga olib kelingan. 2 aprelda esa murdasi topilgan

Internet ijtimoiy tarmog‘ida, 41 yoshli Aleksandr Bocharov go‘yoki Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga joriy yilning 1 aprel kuni keltirilganidan so‘ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etganligi haqida xabar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.

"Haqiqatdan, 1 aprel kuni soat 21.00 larda muqaddam to‘rt marotaba sudlangan Aleksandr Bocharov va yana ikki nafar fuqaro: muqaddam sudlanganlar 1979 yilda tug‘ilgan L.Dmitriy va 1970 yilda tug‘ilgan L.Anatoliylar bilan so‘rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. O‘rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so‘rovdan so‘ng uchchala shaxs qo‘yib yuborilgan, shu jumladan Bocharov Aleksandr ham. 2 aprel kuni ertalab soat 4.00-4.30 darda 30-uyning oldida Bocharov Aleksandrning murdasi topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgan, xususan, yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan yetishmovchiligi, ikki tomonolama o‘pka plevriti, bosh miya va o‘pka ishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Mas’ul tashkilotlarning rasmiy izohini olmasdan turib, oldindan xulosa chiqarmasligingizni so‘raymiz", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 16:19 05.04.2021. O'qildi: 5086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!