Kecha, 8-iyul kuni soat 23.58 da “102” raqamiga Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Aniqlanishicha, taxminan soat 23.00 da “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli Tolibjon S., Tansikbayev ko‘chasi tomon TXAY bo‘ylab harakatlanishi davomida piyodani urib yuborgan. 1968 yilda tug‘ilgan Olmazor tumanida yashovchi To‘lqin G. tan shikastlari bilan shifoxonaga olib borildi va shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi.
YTH sababi: piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.