Eng ulug‘, eng aziz bayramga tutashib ketgan "Go‘sht" loyihasining bir yilligiga bag‘ishlangan bu keng qamrovli aksiya ochiq osmon ostida 2000 ga yaqin odamni bir yerga to‘pladi. Ularning orasida Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarimiz ham bor edi. Bu kun ko‘pchilik uchun shahar madaniy hayotidagi yangi ahamiyat kasb etuvchi hodisa bo‘ldi.
Mehmonlarning deyarli ko‘p qismi tadbir boshlanguniga qadar yig‘ildi va vaqt o‘tgani sayin ko‘payaverdi. DJ Pacman’ning tadbirni ochib berdi. Uning quvnoq musiqalaridan mehmonlar bayram quvonchini yanada oshirib, raqsga tushdilar.
Shodiyonaga kelgan mehmonlarni gamburger va ichimliklar bilan mehmon qilishdan tashqari bu loyiha borgan sari yanada ommaning qiziqishini orttirdi. U yerda nafaqat o‘yin, balki, raqsga tushish mahorati va o‘z iqtidorini ko‘rsatish uchun imkoniyatlar hamda illiq tilaklar va tabriklar bo‘ldi.
Tadbirning tashkiliy qismi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Portativ oshxonada "Go‘sht" o‘sha kechaning o‘zida 1500 dan ortiq burgerlarni tayyorladi. Hattoki, yetmay qolgan ishtirokchilarga ushbu binoning o‘zida burgerlarni bepul tanovvul qilish uchun imkoniyat beruvchi gastrobistrodan kuponlarni taqdim etdi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, "Go‘sht" taqdim etgan burgerlarni tatib ko‘rish istagida bo‘lganlar soni ko‘pligigiga qaramay, tadbir turli noqulayliklarsiz (turtib ketishsiz) va madaniyatni saqlagan holda juda ajoyib o‘tdi.
Bu tarzda tashkil etilgan kecha "Go‘sht group"ning bir yil oldin birgina gastrobistrodan boshlab hozirga qadar katta yutuqlarga erishganidan dalolat beradi. Bugungi kunda ushbu guruh tarkibiga – "Go‘sht Kids", oilaviy gastrobistro, barbershop Tapor (Bolta) va bundanda ko‘pini olgan. Yaqin orada "Go‘sht Group" yangi mashhur Moskva Black Star burgerini hamda go‘sht delikateslari va mukammal turdagi steyklar do‘konchasini ochish arafasida.
Siz Toshkentda istiqomat qila turib "Go‘sht"ni tatib ko‘rmadingizmi? Demak, ko‘p narsani boy bergansiz. Biz sizni "Go‘sht"da kutamiz!
Manba:qalampir.uz