Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkent yo‘l harakatini boshqarishda Moskva tajribasini o‘rganadi

Toshkent yo‘l harakatini boshqarishda Moskva tajribasini o‘rganadi

Ushbu kunlarda, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent SHIIBB YHXB vakillaridan iborat delegasiya yo‘l-transport infrastrukturasi sohasida tajriba o‘rganish maqsadida Moskva shahrida bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Moskva tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda poytaxt hokimligi va Moskva meriyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Moskva hukumati barcha yo‘nalishlar, jumladan, moliyalashtirish bo‘yicha ham hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Shuningdek, shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirish, avtobuslar yetkazib berish, yo‘l-transport infrastrukturasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegasiyasi tashrif doirasida Moskva shahridagi yo‘l harakatini tashkil etish markazi faoliyati bilan tanishdi. 1999 yilda tashkil etilgan ushbu markaz Rossiya poytaxtidagi transportlar bilan bog‘liq holatni yaxshilash bo‘yicha MDHdagi eng namunali tashkilotlardan hisoblanadi.

Delegasiya shuningdek, Moskvadagi qator transport tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 19:02 19.09.2018. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!