Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatidagi Sanoat zonasi hududida tom qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

A A A
Toshkent viloyatidagi Sanoat zonasi hududida tom qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Avvalroq, Toshkent viloyati Olmaliq shahar Sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan “3-sonli misni boyitish fabrikasi”da temir konstruksiyalari qulagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 fevral kuni tahminan soat 08:00 larda Olmaliq shahar Sanoat zonasi hududida joylashgan yangi qurilayotgan “3-sonli Misni boyitish fabrikasi”da birlamchi ma’lumotga ko‘ra temir konstruksiyalari surunkali qor yog‘ishi natijasida qulab tushgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz xodisa natijasida, voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan. Ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib javob berilgan.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida o‘rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhi tuzilgan.

Kiritildi: 14:22 20.02.2024. O'qildi: 1971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!