Toshkent viloyatida poligonlarda chiqindi saqlash tariflari oshadi. Bu borada Xalq deputatlari viloyat Kengashining joriy yil 20 dekabrdagi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, «Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi davlat muassasasi tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni hududiy poligonlarga qabul qilish va saqlash bo‘yicha 1 metr kub uchun 20 037 (QQS bilan) so‘m miqdorida, 1 tonna uchun 48 633 (QQS bilan) so‘m miqdorida etib belgilanadi.
Yangi tariflar 2025 yilning 1 yanvar kunidan boshlab qo‘llaniladi.