Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyati tuman va shaharlarining hududiy chegaralari ko‘rib chiqiladi

Toshkent viloyati tuman va shaharlarining hududiy chegaralari ko‘rib chiqiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyevni ma’lum qilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori bilan, bugun Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Xususan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi deputatlar muhokamasiga kiritilgan.

Deputat O.Tojiyevni alohida qayd etishicha, ushbu masala tegishli komissiyalar tomonidan jiddiy o‘rganilgan, aholini fikri olingan va qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra Xalq deputatlari mahalliy va hududiy kengashlarda muhokama qilinib, qarorlar qabul qilinib, Hukumat tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Kiritildi: 10:53 15.06.2021. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!