Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Shu yilning 1 aprel kuni “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent–O‘sh–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk aviareys amalga oshirildi.

Bu haqda “Dunyo” AA deb xabar berdi.

O‘sh xalqaro aeroportida O‘zbekiston havo kemasi an’anaviy suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Ilk reysning o‘zida Toshkentdan 98 nafar yo‘lovchi uchib kelgan bo‘lsa, O‘shdan 141 nafar yo‘lovchi O‘zbekiston poytaxtiga yo‘l oldi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan tashqari Turkiya, Xitoy va Koreya Respublikasidan kelgan sayyohlar ham borligi ushbu yo‘nalishning xalqaro turistik jozibadorligini ko‘rsatdi.

Parvozlar “Airbus A320” zamonaviy samolyotlarida haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Yaqin kelajakda reyslar sonini 4 tagacha oshirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:56 03.04.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!