Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent va Puchon hamkorligi rivojlanadi

A A A
Toshkent va Puchon hamkorligi rivojlanadi

Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreyaning Puchon meriyasi vakillaridan iborat delegasiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, muzokaralarda Toshkent va Puchon ma’muriyatlari o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

“Puchon meriyasi vakillari Toshkentda ijtimoiy sohalar, xususan turizm va sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan ikkala tomon ham birdek manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Bu borada Puchon meriyasi vakillari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bepul o‘quv kurslarini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi. 

 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 19:41 03.10.2018. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik