Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ko‘paytirilmoqda

Toshkent va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ko‘paytirilmoqda

Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 25 tadan 39 tagacha ko‘paytiriladi.

O‘zbekiston va Rossiya aviasiya organlari Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirishga kelishib olishdi. Bu haqda Rosaviasiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviasiya aloqasini rivojlantirish maqsadida Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 25 tadan 39 tagacha ko‘paytiriladi.

Rossiya tomonidan parvozlarni "Aeroflot", "Sibir" va "YUTeyr, O‘zbekiston tomonidan esa "Uzbekistan Airways" va "Qanot Sharq" aviakompaniyalari amalga oshirishadi.

“Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida muntazam parvozlarning ko‘payishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchilarni tashish talabini qondirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deyilgan xabarda.

Kiritildi: 21:49 06.06.2022. O'qildi: 3049 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!