Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

“Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

“Toshkent to‘y oshi” geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan, o‘zbek pazandachilik san’atining durdonasi hisoblangan «Toshkent to‘y oshi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi nafaqat taom, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari uyg‘unlashgan murakkab jarayon bo‘lib, odatda tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.

Mazkur maqom «Toshkent to‘y oshi» nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi, shuningdek mahsulot sifati davlat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Qayd etilishicha, «Toshkent to‘y oshi» ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarning yorqin ifodasi bo‘lib, bugungi kunda gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!