Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrining logotipi qabul qilindi

Toshkent shahrining logotipi qabul qilindi

Toshkent shahrida Turizm sohasini yanada rivojlantirish,turizm brendini yaratish va targ‘ib qilish maqsadida, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev boshchiligida, tegishli boshqarma rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Toshkent shahrining Turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi.

Mazkur Turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm ko‘rgazmalarida, savdo yarmarkalarida,tashkil etilgan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy ob’ektlariga yo‘naltiruvchi yo‘l xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi video-roliklar va ko‘rsatuvlarda, turizm ob’ektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovg‘a, kiyim-boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 13:36 13.12.2018. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!