Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrining 20 yillik gerbi o‘zgartirilishi ma’lum bo‘ldi

A A A
Toshkent shahrining 20 yillik gerbi o‘zgartirilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining rasmiy gerbi yangisiga o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda 12 iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar xokimiyati xuzuridagi jamoatchilik kengashi raisi – Hikmat Abdurahmonov ma’lum qildi.

Shuningdek, Jahongir Ortiqho‘jayev so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Toshkent shahrining brendini joriy etish masalasi muhokama qilinmoqda.

Poytaxtning xozirgi gerbi rassom Umarbekov va haykaltarosh Sharipov hamkorlikdagi loyihasiga ko‘ra 1977 yilda foydalanishga topshirilgan. May oyida poytaxtning gerbli monumenti vokzal qarshisidagi maydonda demontaj qilingan.

Matbuot anjumanida, shuningdek, Toshkentda «Top-500» forumi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchilar, elchixonalarning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchilari va biznes sohasi vakillari ishtirok etadi. Forum 2018 yilning 18 iyun kuni Toshkent «Botanika» bog‘ida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:17 13.06.2018. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!