O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ushbu vazifaga tayinlandi.
Sayfuddinov Rahmatulloh domla ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor», «Minor» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining avvalgi imom-xatibi Nuriddin Xolqnazarov O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi lavozimiga saylanishi munosabati bilan imom-xatiblikni tark etdi.