Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent shahridagi eng qimmat va eng arzon to‘yxonalar narxlari

Toshkent shahridagi eng qimmat va eng arzon to‘yxonalar narxlari

Toshkent shahri to‘yxonalaridagi narx bir xil emas, albatta. Togri.uz shunday to‘yxonalarning narxi va ular o‘rtacha necha kishiga xizmat qilishiga qiziqib ko‘rdi hamda “to‘yxonalarning reytingi”ni tuzdi.

Eng qimmat to‘yxonalar va ularning sig‘imi

(Narxlar kishi boshiga nisbatan olingan)

  1. Favorit (sig‘imi 80 kishi) – 1 mln so‘m
  2. Mumtoz (700 kishi) – boshlanishi 230 ming so‘mdan
  3. Yakka Saroy (500 kishi) – 210-280 ming so‘m
  4. Versal (800 kishi) – 180 ming so‘m
  5. Charog‘on (650 kishi) – 180 ming so‘mdan boshlanadi
  6. Osiyo Grand (800 kishi) – 200-270 ming so‘m
  7. Zolotaya Dolina (450 kishi) – 150 ming so‘m
  8. Dubay (200 kishi) – 130-250 ming so‘m
  9. Samarqand asl koshonasi (200 kishi) – 150 ming so‘m
  10. Renaissance (250 kishi) – 150 ming so‘m
  11. Bahor (300 kishi) – 210-300 ming so‘m

O‘rtacha narxdagi to‘yxonalar va ularning sig‘imi:

  1. Shohsaroy (sig‘imi 1200 kishi) – 120 ming so‘m
  2. Florensiya (350 kishi) – 110-140 ming so‘m
  3. Flagman (500 kishi) – 50-200 ming so‘m
  4. W&L Wedding Hall (30 kishi) – 120 ming so‘m
  5. Zoda Restaurant (80 kishi) – 50-200 ming so‘m
  6. Chenson (30 kishi) – 140 ming so‘m

Eng arzon to‘yxona va restoranlar, ularning sig‘imi:

  1. Billur (sig‘imi 450 kishi) – 100 ming so‘m
  2. Tinchlik (480 kishi) – 60-100 ming so‘m
  3. Behruz (300 kishi) – 100 ming so‘m
  4. Sayohat Atlanta (600 kishi) – 100 ming so‘m

Bundan tashqari poytaxtda Huvaydo, Sarbon, Zamin, Samara kabi juda kichik to‘yxona va restoranlar bo‘lib, ularning o‘rtacha narxi 80 ming so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlisning sentyabr oyidagi yig‘ilishida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqilgan edi. Ushbu nizom 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Kiritildi: 14:52 24.09.2019. O'qildi: 51128 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!