Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh qilindi

Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh qilindi

❗️ Mamlakatimizdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, poytaxtimizning Sergeli tumanida narkolaboratoriya fosh etildi.

🚨 Xususan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 2003 y.t. shaxs ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, narkolaboratoriya tashkil etgan. Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan umumiy qiymati 4,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kg “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 20 litr suyuq va 25 kg kukun ko‘rinishidagi prekursorlar, shuningdek, ularni tayyorlash va qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, narkolaboratoriyada kimyogar bo‘lib ishlovchi yana bir chinozlik fuqaro ham ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxslar dastlab “Telegram” messenjeri orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konda “kladmen” sifatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanishgan.

Keyinchalik esa jinoiy guruh rahbarlarining ishonchiga kirib, bevosita ajal og‘usini tayyorlashga jalb etilishgan.

⚖️ Holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!