Gullar bayrami munosabati bilan 2–11 may kunlari poytaxt markazida transport harakati cheklanadi.
Zarafshon ko‘chasining ayrim qismi, shuningdek Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining markaziy hududlari avtomobillar uchun yopiladi.
Bu joylar bayram kunlari piyodalar ixtiyoriga beriladi.
Haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan muqobil yo‘llarni tanlash so‘ralmoqda.