Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent ko‘chalarida ikki rusumdagi yangi avtobuslar harakatlana boshlaydi

Avto A A A
Toshkent ko‘chalarida ikki rusumdagi yangi avtobuslar harakatlana boshlaydi

Yaqin vaqtlarda Toshkent shahri ko‘chalarida 45 ta yangi avtobus aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Yangi avtobuslarning 30 tasi MAN qo‘shma korxonosining katta hajmli transport vositasi, qolgan 15 tasi Samarqand avtomobil zavodining SAZ LE60 rusumli o‘rta hajmli avtobuslaridan iborat.
 
Keyinchalik ham poytaxt avtoparki shunday yangi zamonaviy avtobuslar bilan to‘ldirib borilishi ta’kidlangan.
 
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi vaqtlarda poytax ko‘chalarida aholiga 10 yildan beri xizmat ko‘rsatayotgan Mercedes-Benz Low Floor avtobuslarining yonib ketish hollari ko‘payib boryapti.

Qalampir.uz

Kiritildi: 14:26 12.12.2018. O'qildi: 1551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!