Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda va yig‘ilish davomida davlat rahbari Yesemurat Kanyazov ishdan olinganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgandi. Ammo u 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

Ayni vaqtda Kanyazovning vazirlikdagi lavozimi taqdiri bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 16:37 23.08.2019. O'qildi: 3210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!