Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent bozor va bekatlari mashinalardan «tozalanadi»

Toshkent bozor va bekatlari mashinalardan «tozalanadi»

Toshkent shahar IIBB yaqin vaqtlarda Chorsu bozori, shuningdek boshqa bozorlar va bekatlarni noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomashinalardan bo‘shatadi. Bu haqda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov xabar qildi.

Bu vazifa bilan yangi avtomatlashtirilgan AutoCon-SC/M majmualari shug‘ullanadi.

Bizda muammoli ob’ektlar ro‘yxati tuzilgan. Avtomatlashtirilgan majmualar uchun barcha to‘xtash taqiqlanadi belgilari geolokasiyasi bilan xaritalar belgilangan. Ular bo‘yicha ishlaydi. Biroq biz bozorlarga, ayniqsa Chorsu bozori va shahar markazidagi bekatlarga e’tibor qaratamiz , deb ta’kidladi Umarxonov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent IIBB YHXB AutoCon-SC/M tizimlari bilan jihozlandi. Bu tizim yordmida to‘xtab turish qoidalarini buzilishi avtomatik tarzda qayd etiladi.

Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58 ta davlatning raqam belgilarini aniqlaydi va yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.

Haydovchilar tomonidan To‘xtash ta’qiqlanadi belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar bo‘ylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.

Qoidabuzar to‘g‘risida ma’lumotlar onlayn-tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.

Kiritildi: 14:14 28.03.2019. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!