Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bugun ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu Rossiya harbiylarining Ukrainadagi operasiyasi boshlanganidan beri ikki prezident o‘rtasidagi ikkinchi telefon muloqotidir.
“Qozog‘iston prezidenti Turkiyada BMT ko‘magida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha erishilgan uch tomonlama kelishuvga ijobiy baho berdi. Davlat rahbari, shuningdek, Qozog‘istonning Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha prinsipial pozisiyasini tasdiqladi”, — deyiladi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabarida.