Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toni Kroos murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Toni Kroos murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Madridning “Real” klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yulduzi Toni Kroos tez orada o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqchi. Ispaniyaning nufuzli AS nashri xabariga ko‘ra, Kroos 2027/28-yilgi mavsumda professional futbolchilar uchun mo‘ljallangan maxsus murabbiylik kurslarida tahsil olish istagini bildirib, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga (RFEF) rasman murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga UYEFAning A darajadagi lisenziyasi taqdim etiladi. Ayni paytda germaniyalik sobiq futbolchi Ispaniyaning uchinchi divizioni jamoalarini boshqarish huquqini beruvchi lisenziyaga ega. Biroq u mamlakatning yuqori (La Liga) va ikkinchi divizionlarida hozircha faqatgina bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Toni Kroos 2024 yilning iyul oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. 36 yoshli nemis yulduzi “Real” safida besh marta, Myunxenning “Bavariya”si bilan esa bir bor Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Shuningdek, u 2014 yili Germaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!