Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tomsk qurbonlari dafn etildi

A A A
Tomsk qurbonlari dafn etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Natijada, ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning 8 nafari Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidan, 1 nafari Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgani aniqlangan edi.
         Mutaxassislar tomonidan olib borilgan birlamchi tahlil natijalariga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘n birinchi fuqaro Andijon viloyati Andijon tumanida istiqomat qilgan Mamadjonov Muzaffarjon Dilmurotovich bo‘lgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga:

— halok bo‘lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

— jabrlanganlar va halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish;

— Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong‘inni kelib chiqish sabablarini o‘rganish;

— mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi bir qator vazifalar yuklatildi.

“Human.uz” axborot portali ijodiy xodimlari 23-24 yanvar kunlari yong‘in natijasida halok bo‘lganlarning oilalaridan xabar olish, holatni ba’tafsil o‘rganish maqsadida Qiziltepa tumanida bo‘lishdi.

         — Tuman hokimi va tuman faollaridan bir guruhi vafot etganlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirishdi, — deydi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Alisher Umedov. — Shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish tashkil etildi. Vafot etganlarning oilalarining har biriga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir oilaga 5 million so‘mdan moddiy yordam, 2 qop un, 50 litr o‘simlik yog‘i, 25-30 kg go‘sht mahsulotlari, dafn marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 15 million so‘mdan moddiy yordam berildi. Ularga dalda bo‘lib turish maqsadida faollar ularning yonida dalda bo‘lib turishibdi.

         Ijodiy jamoa haloq bo‘lganlarning oilalarida bo‘lib, ularga hamdardlik bildirib, qaytishdi.

         FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, kecha 26 yanvar kuni vafot etganlar dafn etish uchun Rossiya Federasiyasidan yurtimizga olib kelindi. Shu kuni ular o‘z ona yeriga dafn etildi.

Kiritildi: 11:24 27.01.2020. O'qildi: 2575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik