Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tolibon Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qildi. O‘zbekiston buni olqishladi

Tolibon Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qildi. O‘zbekiston buni olqishladi

O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytiladi.

“O‘zbekiston muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi”, deyiladi TIV bayonotida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat’iy sodiqligini yana bir bor bildiradi.

"Tolibon" o‘tgan yilda ham Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan jangovar harakatlarni vaqtinchalik to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 13:29 12.05.2021. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!