«Tolibon» oliy ta’lim vaziri xalqaro hamjamiyatni «Tolibon» hukumatiga nisbatan ikki standartli munosabatlarda aybladi.
U inson huquqlarini poymol qilish bahonasida «Tolibon» rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy etilishini tanqid qilib, dunyoning, xususan, inson huquqlari institutlarining Falastindagi vaziyatga sukut saqlashini shubhali deb atadi.
Vazir qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar yaxshi ekanini alohida ta’kidladi.