Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Tolibon”ning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

“Tolibon”ning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

“Tolibon” hukumati O‘zbekiston bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun mamlakatga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda bir qator afg‘on manbalariga tayanib, Tasnim agentligi xabar berdi.

“Tolibon” hukumatiga yaqin manbalarga ko‘ra Abdul G‘ofar Bahr Kobul ma’muriyatining Toshkentdagi elchisi etib tayinlangan. Oldingi elchi - Mo‘g‘furulloh Shahobning qisqa muddatda vazifasidan olinishi sababi ma’lum qilinmagan.

Xabarda aytilishicha, yangi tayinlangan elchi muqaddam “Tolibon” hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo‘limi direktori bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Mo‘g‘furulloh Shahob Toshkentga elchi qilib yuborilgan “Tolibon”ning rasman birinchi vakiliga aylangan.

Kiritildi: 23:20 22.04.2024. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!