Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tolibon ichki ishlar vaziri: "Biz AQShni o‘zimizga dushman deb bilmaymiz"

Tolibon ichki ishlar vaziri: "Biz AQShni o‘zimizga dushman deb bilmaymiz"

"Ayni paytda biz Amerika Qo‘shma Shtatlariga dushman sifatida qaramayapmiz", deya ma’lum qildi Sirajuddin Haqqoniy CNN da.

"Diplomatiya haqida gaplashish vaqti keldi. Kelajakda AQSh va dunyoning boshqa davlatlari bilan ham yaxshi munosabatlarga ega bo‘lamiz".

Tolibon muvaqqat hukumati ichki ishlar vaziri ham guruh Doha kelishuviga sodiq ekanligini va Afg‘oniston hech qachon Qo‘shma Shtatlar uchun terroristik xavf tug‘dirmasligini aytdi.

Shu bilan birga, u qizlarning ta’lim olishiga hech kim qarshi emasligini va Afg‘oniston xalqi tez orada bu mavzuda ham xushxabar eshitishini ta’kidladi.

Sirojuddin Haqqoniy AQShning terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, Vashington uning hibsga olinishi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan.

Kiritildi: 19:49 17.05.2022. O'qildi: 2217 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!