TOLOnews xabariga ko‘ra, bu bayonot Tolibon Madaniyat va axborot vazirligi komissiyasi rahbari Inamulla Samanganiy tomonidan bayon qilingan.
"Bu borada bildirilgan xavotirlar asossiz. Afg‘onistonda ISHID xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi", — deydi Samanganiy.
Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosarining matbuot kotibi Bilol Karimiy bu borada gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ISHID o‘z jangarilarini Suriya va Iroqdan Afg‘onistonga o‘tkaza olmaydi, chunki u bunday murakkab logistik vazifani bajarishga qodir emas.
Karimiy, shuningdek, Tolibon Afg‘onistonning butun hududini nazorat qilayotganini va mamlakatdagi hech qanday nuqta boshqa tashkilot nazorati ostida emasligini aytdi.