Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tolibon Britaniya shahzodasining sudga topshirilishini talab qilmoqda

Tolibon Britaniya shahzodasining sudga topshirilishini talab qilmoqda

"Britaniya shahzodasi Garrining Afg‘onistonda xizmat qilayotgan vaqtida sodir etgan qotilliklari haqidagi ma’lumotlar sudga topshirilishi kerak, chunki ular insoniyatga qarshi jinoyatdir. Halok bo‘lganlar o‘z vatani ozodligi uchun kurashgan qahramon, siz esa bosqinchilar edingiz", — deb ta’kidladi Tolibonning yuqori martabali vakili Suhayl Shohin Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Britaniya OAVlarida Shahzodaning Spare deb nomlangan avtobiografiyasidan parchalar chop etilgan edi. Bu kitobda, xususan, shahzoda Garri Afg‘onistonda 25 nafar Tolibon jangchisini o‘ldirgani, u yerda Apache vertolyotini boshqargani qayd etilgan. "Menimcha, o‘lganlar soni 25 nafar edi. Bu raqam men uchun faxr emas, lekin bezovta ham qilmaydi", — deb yozadi u.‌‌

Kiritildi: 01:16 07.01.2023. O'qildi: 4113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!