Afg‘onistondagi ayollar oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini qayta tiklashlari mumkin. Bu haqda Tolibon tuzgan Afg‘oniston hukumati oliy ta’lim vaziri Abdul Boqiy Haqqoniy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.
Haqqoniy Afg‘onistonda ayollar va erkaklar alohida ta’lim olishini bildirdi. Jinsga qarab ta’lim berish shakli oldingi hukumat davrida faqat maktab uchun joriy etilgan edi. Universitetlarda tenglik ta’minlangan.
Haqqoniy, ayollarga erkak o‘qituvchilar faqat parda ortidan dars berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.