Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tokio Rossiyadagi barcha yapon markazlarini yopdi

Tokio Rossiyadagi barcha yapon markazlarini yopdi

Yaponiya hukumati Rossiyadagi yapon markazlarining barcha olti filialini yopishga qaror qildi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Yaponiyaning Kyodo agentligi xabar qilishicha, Xayashi hukumat Rossiyada yapon tilini o‘rgatuvchi va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ramziga aylangan olti yapon markazining faoliyatini to‘xtatishga qaror qilganini aytdi.

Bu qarorning sababi Tokioda e’lon qilinmadi.

Ma’lumotga ko‘ra, yapon markazlarining faoliyati Yaponiya hukumati tomonidan mamlakatning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi orqali moliyalashtirib kelingan.

Kiritildi: 15:45 10.09.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!