Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin

Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Dik Paund Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi borasida qaror e’lon qilinishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Paundning so‘zlariga ko‘ra, Toki0 Olimpiadasi bo‘yicha yakuniy qaror 3 oydan so‘ng e’lon qilinadi.

«May oxirigacha kutamiz. Koronavirus epidemiyasi ustidan nazorat o‘rnatiladi deb umid qilamiz. Agar unday bo‘lmasa, Olimpiada o‘yinlarini bekor qilish variantini ko‘rib chiqamiz», — deydi Paund.

Avvalroq ushbu epidemiya sabab futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Xitoyda tarqalgan koronavirus ayni damda Yevropa mamlakatlariga ham xavf solmoqda. Italiyada 229 kishi koronavirusga chalingan, olti kishi vafot etgan, faqat bir nafari kasallikdan tuzalgan. Avvalroq Veneto va Lombardiya hududlaridagi barcha ommaviy tadbir hamda sport musobaqalari bekor qilingandi. Shuningdek, Fransiya va Ispaniyada ham bemorlar aniqlangan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 05:00 26.02.2020. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!