Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistondagi o‘zbeklar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surmoqchi

Tojikistondagi o‘zbeklar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surmoqchi

Tojikistondagi o‘zbeklar jamiyati kelasi yil Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish uchun imzo to‘plash kampaniyasini boshladi.

Tojikistonlik o‘zbeklar jamiyati raisi Muharrama Mirzoaliyevaning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus guruhi Norvegiya Nobel qo‘mitasiga murojaat qilgan.

«Bizga nomzodlarni ilgari surish jarayoni batafsil bayon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Norvegiya Nobel qo‘mitasi prezidentlarni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlikka olish haqida hukumat tuzilmalarining arizalarini ko‘rib ham chiqmaydi. Biroq, agar davlat rahbarini jamoat tashkilotlari ilgari sursa, ularning murojaatlari majburiy tarzda ko‘rib chiqiladi», - deydi Muharrama Mirzoaliyeva.

Ikki yil muqaddam Tojikistonning taniqli siyosat va jamoat arbobi Hikmatullo Nasriddinov prezident Imomali Rahmon nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga rasman ilgari surishni taklif qilgandi.

2010 yilgi aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 926 ming o‘zbek yashaydi, bu mamlakat aholisining 12,5 foizini tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti jarroh Deni Mukvega va huquq himoyachisi Nada Murodga berildi.

 

Manba: sof.uz

Kiritildi: 07:02 13.10.2018. O'qildi: 1738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!