Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Tojikistonda ijtimoiy to‘lovlar oshiriladi: maosh, pensiya va stipendiyalar 2026 yil sentyabrdan ko‘tariladi

Tojikistonda ijtimoiy to‘lovlar oshiriladi: maosh, pensiya va stipendiyalar 2026 yil sentyabrdan ko‘tariladi

Tojikiston prezidenti Emomalӣ Rahmon davlat xizmatchilari, byudjet sohasi xodimlari, shuningdek, pensiya va stipendiyalarni sezilarli darajada oshirishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. O‘zgarishlar 2026 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.

Farmonga ko‘ra, respublika bo‘yicha eng kam ish haqi 1300 somoni etib belgilanadi. Maktabgacha va o‘rta ta’lim xodimlarining maoshi 25 foizga, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, sport, huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat boshqaruvi xodimlarining ish haqi esa 20 foizga oshiriladi.

Shuningdek, talabalar stipendiyalari ko‘tariladi, pensiyalar esa kamida 15 foizga yoki 2025 yil inflyasiyasi darajasida indeksasiya qilinadi.

Kiritildi: 22:08 15.01.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!