Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda 16 ming kishi afv etilishi mumkin

Tojikistonda 16 ming kishi afv etilishi mumkin

Tojikiston parlamenti quyi palatasi 16 ming fuqaroga ozodlikka chiqishga yoki qamoq jazosidan qutulib qolishga imkon beruvchi amnistiya haqidagi qonunni qabul qildi.

Amnistiya 800dan ko‘proq gumonlanuvchi va ayblanuvchini, 350 nafar sudlanuvchini va 10 mingga yaqin jazolangan fuqaroni qamrab oladi. Bundan tashqari, 5 ming mahbusning jazo muddati qisqartiriladi. Jumladan, turmada jazo muddatini o‘tayotgan ayollar, balog‘atga yetmaganlar, 55 yoshdan katta erkaklar, nogironlar, og‘ir kasallikka uchraganlar, jangovar harakatlar faxriylari, davlat mukofotlari sohiblari va xorijliklar ozodlikka chiqariladi.

Ta’kidlanishicha, iqtisodiy jinoyatlar, jumladan firibgarlik va xorijiy jamg‘armalardan mablag‘lar o‘g‘irlaganlik uchun sudlanganlar daavlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplasagina afv etiladi.

“Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, jumladan qotillik, sog‘liqqa og‘ir jarohat yetkazish, odam o‘g‘irlash, odam savdosi, nomusga tegish, qiynoqqa solish, terrorchilik va ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo muddatini o‘tayotganlar afv etilmaydi”, deb ma’lum qilingan xabarda. Shuningdek, umrbod qamoq hamda o‘lim jazosi olganlar va avval amnistiya bo‘yicha ozodlikka chiqqan jinoyatchilar ham ozodlikka chiqarilmaydi.

Ayni vaqtda qonun Tojikiston prezidentiga imzolash uchun topshirilgan. U matbuotda e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi va mahbuslar 2 oy ichida ozodlikka chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kiritildi: 13:02 07.09.2021. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!