Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Tojikiston" radiosi jurnalisti aeroport xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

"Tojikiston" radiosi jurnalisti aeroport xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat qildi
Tojikiston radiosi jurnalisti mamlakat bosh prokuraturasiga shikoyat bilan murojaat qilib, o‘zining professional vazifasini bajarayotganida Dushanbedagi xalqaro aeroportning bosh injeneri tomonidan tahqirlanganini ma’lum qildi.
Tojikiston radiosi jurnalisti Nurali Karimovning aytishicha, reyslar ushlanib qolganida yo‘lovchilar duch keladigan muammolar, aviachiptalar narxi qimmatligi haqida eshittirish tayyorlamoqchi edi, ammo poytaxt aeroportining bosh injeneri Bobojon Sadriddinov qandaydir ma’lumot berishga to‘sqinlik qildi va jurnalistni haqoratladi.
Gap shundaki Nurali Karimov aeroport rahbariyati bilan intervyu masalasida avvaldan kelishib olgan va jurnalist bilan suhbatlashish Bobojon Sadriddinovga yuklatilgan edi. Karimovning so‘zlariga qaraganda, intervyuga bir kun qolganida, ya’ni 12 mart kuni u telefon orqali aeroport rahbariyati bilan bog‘langan va suhbat keyingi kunga soat 10 ga belgilangan.
Belgilangan vaqtdan sal avvalroq men aeroportga keldim, yo‘lovchilar bilan suhbatlashdim, so‘ng aeroport xodimi meni bosh injener oldiga olib bordi. Men o‘zimni tanishtirdim, hujjatlarimni va yozib olish jihozimni ko‘rsatdim. Biroq, u qatiyan men bilan suhbatlashishni istamadi va aytib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan meni haqorat qildi. Men unga bu kabi suhbatlashish mumkin emasligini, men davlatga tegishli OAV vakili ekanligimni aytdim, u menga qarata qayerdan bo‘lishingni menga qizig‘i yo‘q, rahbariyat sen bilan suhbatlashishimni aytdi, bilganingni qil, dedi , deydi jurnalist.
Uning so‘zlariga qaraganda intervyu bo‘lmagani bois, eshittirishni tayyorlay olmagan. Men aeroport xodimi haqoratgacha borishini kutmagan edim. Radio rahbariyati hodisadan xabardor. 16 mart kuni men Bobojon Sadriddinov ustidan bosh prokuraturaga arz qildim va adolat qaror topishiga ishonaman. Bu kabi haqoratlardan keyin men bir hafta davomida o‘zimga kela olmadim, faoliyatim davomida men vazirlik va muassasalar rahbarlari bilan suhbatlashganman, ammo bu kabi sharmandalik bilan birinchi bor to‘qnash keldim , deydi Nurali Karimov.
Biroq aeroport xodimlarining fikricha, hammasiga jurnalistning o‘zi aybdor. Dushanbe xalqaro aeroportining matbuot kotibi Jamila Huseynovaning aytishicha, Nurali Karimov intervyu berish borasida iltimos qilganidan xabari bor, biroq bu vaziyatda jurnalistning o‘zi aybdor, chunki u intervyu uchun rasman xat olib kelmagan. Aeroport bu rejimli ob’ekt va ichkariga rasmiy xatsiz kirish taqiqlangan deydi suhbatdosh. Uning so‘zlariga qaraganda, Nurali Karimov xatsiz aeroportga kelgan, buning ustiga Bobojon Sadriddinov band bo‘lgani uchun intervyu boshqa kunga qoldirilgan edi.
Tojikiston mustaqil OAV milliy assosiasiyasi rahbari Nuriddin Qarshiboyevning so‘zlariga qaraganda, jurnalist yozma yoki og‘zaki so‘rov asosida axborot olish huquqiga ega. Nurali Karimov bilan bog‘liq hodisaga izoh bergan Qarshiboyevning aytishicha, jurnalist aeroport rahbariyati bilan suhbatlashish uchun ruxsat olgan, buning uchun aniq xodim belgilangan va hodisa uchun mas’uliyat ularning zimmasiga tushadi.
Manba: uza.uz
Kiritildi: 21:30 20.03.2019. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!