Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston Prezidenti o‘z xalqidan nimani so‘radi?

Tojikiston Prezidenti o‘z xalqidan nimani so‘radi?

Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Emomali Rahmon O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan tuman faollari oldida qilgan chiqishida o‘zbeklar bilan do‘stlik rishtalari va biznes aloqalarni mustahkamlashga da’vat etar ekan, Shahristonda tojiklar va o‘zbeklar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotganini eslab o‘tdi, deya xabar berdi "xs.uz".

“Siz bizning do‘stligimiz ko‘p asrlik ildizlarga ega ekanligi, uning boshida tojik va o‘zbek xalqlari farzandlari Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy turganini esda tutishingiz lozim”, dedi Tojikiston rahbari.

Shuningdek, Tojikiston rahbari tinchlik va barqarorlik hukmronlik qilayotgan, xalqlari do‘stlik va qardoshlikda yashayotgan davlatlar uzluksiz rivojlanishi, ularning dunyo bo‘ylab nufuzi oshishini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:57 25.06.2018. O'qildi: 1598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!