Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va neft mahsulotlari so‘radi

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va neft mahsulotlari so‘radi
Bunga Rossiyadagi yoqilg‘i tanqisligi sabab bo‘lmoqda deb xabar bermoqda Reuters. Dushanbe Tehrondan 2 mln tonna xom neft, 150 ming tonna benzin, 300 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 100 ming tonna aviakerosin xarid qilishni so‘ragan. Yetkazib berish muddati hozircha aniqlanmagan. Tojikiston neft mahsulotlarining 80 foizigacha Rossiyadan oladi. Biroq Rossiyada ukrain dronlari hujumlari va yuqori ichki talab tufayli yoqilg‘i tanqisligi kuchaygan. Shu sababli Dushanbe Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Iroq va Belarus bilan ham qo‘shimcha ta’minot bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Kiritildi: 13:22 21.08.2026. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!