Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi muzokara o‘tkazmoqda (FOTO)

Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi muzokara o‘tkazmoqda (FOTO)

Tojikistonning Isfara viloyati Chorkuh jamoasida Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Rahmonali va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

«Aziya-Plus» agentligining voqea joyidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ham ishtirok etgan muxbirining xabar berishicha, Rajabali Rahmonali muzokaralar chog‘ida «Tojikiston hamisha chegarada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik tarafdori» ekanini aytdi.

«Chegara aholisi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida yashashi kerak. Kelajakda bunday nizolarning oldini olishimiz kerak», - deydi u.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev mojaro tinch yo‘l bilan hal qilinishini aytdi. «Yaxshi qo‘shnichilikni saqlash muhim, chegaraga yaqin odamlar tinch-totuv yashashi kerak», dedi u.

Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi muzokara o‘tkazmoqda (FOTO)

Muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 14:07 28.01.2022. O'qildi: 4204 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!